» » Xorazmda yiliga qancha suv isrof bo‘lmoqda?

Xorazmda yiliga qancha suv isrof bo‘lmoqda?


Xorazm vohasida azaldan suv nihoyatda qadrlangan. Negaki, hududda ekin ekiladigan yerlarga suv yetkazib, dehqonchilik qilish katta mashaqqat talab etadi. Xorazm viloyati ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda suv resurslaridan foydalanishda ekinlarni sug‘orish uchun 4 milliard 600 million metr kub suv sarflanadi, deb yozadi O‘zA.

Ammo, ekin maydonlariga sarflangan suvning 57 foizigina yetib boradi, xolos. 43 foiz suv ayrim mutasaddi rahbarlarning e’tiborsizligi, shuningdek, aholining suvdan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanishi natijasida yo‘l-yo‘lakay isrof bo‘ladi.

Bugungi kunda viloyatda sifatli ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hududda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan 165 ta suv tarqatish inshooti mavjud bo‘lib, ular 5 ming kilometr uzunlikdagi suv quvurlariga ulangan. Mazkur sohada 900 dan ortiq kishi mehnat qilmoqda. Har yili aholi suv ta’minoti uchun 20 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi. Biroq shuncha mehnat va mablag‘ evaziga ishlab chiqarilgan toza ichimlik suvining 35-40 foizi aholiga yetib bormaydi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, ayni paytda viloyat aholisining 52,1 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan, 47,9 foiz aholi hamon ichimlik suvi tarmoqlariga ulanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют