» » O‘zbekistonda o‘rmonlardan ekologik turizmni rivojlantirishda foydalaniladi

O‘zbekistonda o‘rmonlardan ekologik turizmni rivojlantirishda foydalaniladi


Oliy Majlis Senati o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida yangi tahrirdagi “O‘rmon to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi, deb xabar beradi O‘zA.

Qonunda bir qator muhim jihatlar o‘z aksini topgan. Jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘rmon xo‘jaligi sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi va amalga oshirish borasidagi vakolatlari mustahkamlanmoqda. Ushbu subektlar o‘rmon xo‘jaligi sohasiga oid davlat va hududiy dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish bilan bir qatorda, bu borada jamoatchilik nazoratini ham amalga oshiradi.

O‘rmondan umumiy va maxsus foydalanish bilan bog‘liq asosiy qoidalar takomillashtirilmoqda. Jumladan, o‘rmondan foydalanishning: daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish; baliqchilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun foydalanish; ekologik turizmni rivojlantirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida foydalanish kabi yangi ko‘rinishlari belgilanmoqda.

Shu bilan birga, o‘rmonlarda pichan o‘rish davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi hamda bu borada maxsus tartib-taomillar belgilanishi nazarda tutilmoqda.

O‘rmonlarda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni, shuningdek zaharli, giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan o‘simliklarni fuqarolar tomonidan yig‘ishni taqiqlovchi norma mustahkamlanmoqda.

O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilg‘or tajribaga ega davlatlarning qonunchilik amaliyotini hisobga olgan holda, o‘rmonlarda chorva mollarini o‘tlatish qoidalari takomillashtirilmoqda.

Qonunda o‘rmonlarga salbiy ta’sirlarning o‘z vaqtida oldini olish uchun o‘rmonlar monitoringgiga oid alohida norma belgilanmoqda. Mazkur norma davlat o‘rmon fondi holatidagi o‘zgarishlarni aniqlash, uni baholash va prognoz qilishga doir muntazam kuzatuvlarni olib borish orqali o‘rmonlarni muhofaza qilish va istiqbolda rivojlantirish bilan bog‘liq aniq va asoslangan chora-tadbirlar amalga oshirilishiga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют