» » Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov: Tijorat banklariga mikroqarz berishga ruxsat beriladi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov: Tijorat banklariga mikroqarz berishga ruxsat beriladi


Oliy Majlisi Senatining on tortinchi yalpi majlisi ikkinchi ish kunida Markaziy bankning 2017-yildagi faoliyati togrisidagi hisoboti boyicha maruza qilgan Ozbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodovfuqarolarning bankdan qarz olishini yengillashtirish borasidagi masalalar borasida fikr bildirdi, deb xabar beradi OzA.

Mamarizo Nurmurodovning qayd etishicha, otgan yilda pul-kredit siyosati kuchli inflatsiya bosimi saqlangan, iqtisodiyotda tub islohotlar amalga oshirilayotgan, shu jumladan, valyuta siyosati va tashqi savdo faoliyati erkinlashayotgan sharoitda olib borildi.

Markaziy bank 2017-yil iyun oyida qayta moliyalashtirish stavkasini 9 foizdan 14 foizga kotardi hamda tijorat banklarining kapitallashuv va likvidlik darajasiga qoyilgan talablarni kuchaytirdi.

Valyuta siyosati va bozorini erkinlashtirish boyicha korilgan qator chora-tadbirlar natijasida 2017-yil sentabrdan boshlab valyuta kursini bozor mexanizmlari asosida belgilash joriy etildi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun valyuta mablaglarini sotish, sotib olish va tasarruf etishga qoyilgan cheklovlar olib tashlandi.

Natijada xorijiy valyuta savdosi bir necha baravar oshib, 2017-yil yakuni boyicha bu korsatkich 7,3 milliard dollarni tashkil etdi. Valyuta ayrboshlashdagi norasmiy usullarga chek qoyildi.

Banklarning iqtisodiyot real sektoriga yonaltirgan kredit mablaglari qoldiqlari hajmi 58 trillion somga oshdi va 2018-yil 1-yanvar holatiga kora 110,6 trillion somga yetdi.

Tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 16,1 trillion somlik kreditlar ajratildi. Bu esa 2016-yilga nisbatan 1,3 baravar kopdir.

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qollab-quvvatlash boyicha amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2017-yil davomida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar hajmi 2016-yilga nisbatan 23,3 foizga oshdi va 19,6 trillion somni tashkil etdi, shu jumladan, mikrokreditlar 4 trillion somni tashkil etdi.

Inflatsiya darajasi otgan yilda 14,4 foizni tashkil etdi. Biroq aholi va tadbirkorlarni naqt pul bilan taminlash borasidagi nosoglom vaziyatga barham berildi.

Bank tariflarini optimallashtirish uchun 63 xizmat bepul amalga oshirilmoqda.

2018-yilda pul bozori yanada takomillashtiriladi. Valyuta bozorini erkinlashtirishga oid ishlar davom ettiriladi. Valyuta kursi bozordagi talab va taklifga asosida shakllanadi.

Valyutani erkin tasarruf etish uchun xalqaro konvertatsion kartalarni istalgan joyda ishlatish imkoniyati yaratiladi. Yani karta egasi valyuta mablagini masofadan turib boshqarishi mumkin boladi.

Ozbekistonga kelayotgan turistlarga qoshimcha shart-sharoit yaratish maqsadida ular oz kartalari bilan istalgan savdo nuqtasidan savdo qilish imkoniyati ham yaratiladi.

Istemolchilar huquqlarini himoya qilish uchun bank va mijoz ortasidagi munosabatlar yanada maqbullashtiriladi.

Yangi xizmat turlari joriy etish davom ettiriladi. Aholi va tadbirkorlik subyektlarini bank xizmatlari bilan qamrab olish uchun 23 bank filiali, 93 minibank va yana koplab bank shoxobchalari tashkil etiladi. Qoshimcha bankomatlar ornatiladi.

Tijorat banklariga mikroqarz berishga ruxsat beriladi. Kimga pul zarur bolib qolsa, u bankka borib qarz olishi mumkin boladi. Albatta, uning foizi yuqori bolmasligiga harakat qilinadi. Lombardlar tomonidan qoyiladgan foizlar kamaytiriladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-03-2018, 13:13)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
:
-
:
20 ... -