» » Norvegiyada quyosh batareyalarida ishlaydigan dunyodagi ilk mehmonxona bunyod etiladi (foto)

Norvegiyada quyosh batareyalarida ishlaydigan dunyodagi ilk mehmonxona bunyod etiladi (foto)


Norvegiya shimolida quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan dunyodagi ilk mehmonxona quriladi. Bu haqda Norvegiyaning turizm bo‘yicha kengashi VisitNorway’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Svart mehmonxonasining tomiga elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan quyosh batareyalari o‘rnatiladi. Mehmonxonaning o‘zi mamlakat shimolidagi Svartisen muzligi yaqinida bunyod etiladi. Binoning tashqi ko‘rinishi halqasimon ko‘rinishda bo‘lib, uning poydevorini suvga qoqilgan to‘sinlar tashkil etadi. Uning dizaynini yaratishda Shimoliy Norvegiyaning an’anaviy binolari ko‘rinishidan — baliqchilar tomonidan o‘n yillardan buyon foydalanib kelinadigan ‘quritkichlardan’ ilhomlanilgan”, — deya ma’lum qiladi VisitNorway.

Mehmonxonaning ochilishi 2021-yilga mo‘ljallangan. Shuningdek, rejaga ko‘ra mehmonxonani Norvegiyaning eng yaqin yirik shahri — Budyo bilan bog‘lashga xizmat qiladigan ekologik kema ham ishga tushiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют