» » 12 mingdan ortiq muxlis kelgan Qo‘qon “Markaziy” stadionidagi mavsumning ochilish o‘yinidan fotogalereya

12 mingdan ortiq muxlis kelgan Qo‘qon “Markaziy” stadionidagi mavsumning ochilish o‘yinidan fotogalereya


Biroz avval Qo‘qonda “Qo‘qon-1912” “Navbahor”ni qabul qilib, mehmonlar legioneri Tomislav Payovichning 76-daqiqada o‘z darvozasiga yo‘llagan avtogoli sabab 3 ochkoni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

Superliga. “Navbahor” legioneri vodiy derbisida “Qo‘qon-1912”ga g‘alaba keltirdi, AGMK esa “Lokomotiv”ga imkoniyat qoldirmadi (video)

Bugun Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda yangi mavsumning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ham qatnashdi.

Umid Ahmadjonov ochilish marosimida chiqish qilib, Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Qo‘qon shahrida yangi zamonayiy stadion qurilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, o‘zbek futboli haqida o‘zbek sporti jurnalistikasi asoschilaridan bo‘lgan Axbor Imomxo‘jayevning katta kitobi nashrga tayyorlanayotganini ta’kidlagan.

O‘FA xabariga ko‘ra, bugungi uchrashuvni bevosita “Markaziy” stadionida kuzatib borish uchun 12 278 nafar muxlis tashrif buyurgan. Stadionga esa jami 10 ming nafar muxlis sig‘adi.

Stadion tribunalaridan tashqari , chiqish zinalari, yo‘laklar — hammasidan muxlislar joy olgan. Quyida o‘yin oldi va o‘yin vaqti olingan fotosuratlar jamlanmasini tomosha qilishingiz mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют