» » Xitoylik millioner ona qishlog‘i aholisiga bittadan villa sovg‘a qildi. Ammo qishloqdoshlarining munosabati uning ko‘nglini qoldirdi

Xitoylik millioner ona qishlog‘i aholisiga bittadan villa sovg‘a qildi. Ammo qishloqdoshlarining munosabati uning ko‘nglini qoldirdi


Xitoylik biznesmen, ichimlik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi Chen Shen besh yil avval Guandun provinsiyasidagi ona qishlog‘ining har bir aholisiga bittadan hashamatli uy qurib berishga qaror qildi. Ammo bu sovg‘a uning umidlarini oqlamadi, deb yozadi Tengrinews.

Guanxu qishlog‘ida magnat har birining maydoni 280 kvadrat metrga teng 258 ta uy qurdi. Ularning har birida garaj va kichik bog‘ bor. Bundan tashqari, tadbirkor qishloqda basketbol maydonlari, badminton kortlari, opera sahnasi, yangi ko‘prik barpo etdi. Bularning hammasi uchun u 32 million dollar xayriya qildi.

Mahalliy OAVlarga bergan intervyusida millioner qishloqda yirik cho‘chqa fermasini qurib, 100 dan ortiq ish o‘rnini yaratishga va’da bergandi.

Ammo qurilish ishlari o‘tgan yil oxirida yakunlangan bo‘lishiga qaramay, qishloq aholisining ochko‘zligi va yaxshilikni bilmasligi sababli, uylar bo‘sh yotibdi. Gap shundaki, magnat 2013-yildagi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga tayanib qurilish olib borgan edi, unda qishloqda 190 ta xo‘jalik borligi aytilgandi. Biznesmen 68 taga ko‘proq uy qurishga qaror qildi. Biroq shu ham kamlik qildi. Qishloqning tobora ko‘proq aholisi uylarga da’vogarlik qila boshladi. Ba’zilar esa ularning oilasi uchun bitta uy yetmasligini aytdi.

Qishloq aholisining olijanoblikka javobi saxovatpesha tadbirkorning hafsalasini pir qildi. Ikki yildirki, Chen Shen Guanxuga kelmay qo‘ydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют