» » Shavkat Mirziyoyev: Qancha pul ketsa ham, maktab va bog‘chalarga kameralar o‘rnatish kerak (video)

Shavkat Mirziyoyev: Qancha pul ketsa ham, maktab va bog‘chalarga kameralar o‘rnatish kerak (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30—31-mart kunlari Jizzax viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida davlat rahbari Jizzax shahar Ichki ishlar bo‘limi 2-son ichki ishlar bo‘linmasida ham bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Prezident matbuot xizmati ushbu bo‘linmaga tashrifning ayrim tafsilotlari haqida videolavha e’lon qildi. Shavkat Mirziyoyev “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida shahar bo‘ylab o‘rnatilgan kuzatuv kameralari faoliyati bilan tanishgan, shuningdek, barcha maktab va bolalar bog‘chalarini kameralar bilan kuzatib olish zarurligini ta’kidlagan.

“Maktab bilan bolalar bog‘chalariga kameralarni albatta o‘rnatish kerak. Buning uchun qancha pul kerak bo‘lsa, beringlar”, — deb Prezident mutasaddilarga topshiriq bergan.

Qayd etish joiz, Prezident tashrifi bilan bir vaqtda Jizzaxdagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachining bolalarga qo‘l ko‘tarishi bilan bog‘liq mojaro yuz berdi. Mazkur holat ortidan tarbiyachi, bog‘cha mudirasi, shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari ishdan ketdi.

Mavzuga doir: Jizzax shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i va 39-bog‘cha mudirasi ishdan olindi. Bir kun avval shu bog‘cha tarbiyachisi bolalarni urayotgani videosi tarqalgan edi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют