» » Poytaxt stadionlariga muxlislar qaytmoqda: Bunyodkor va Paxtakor Suprerliganing 4-turida eng kop tomoshabin topladi

Poytaxt stadionlariga muxlislar qaytmoqda: Bunyodkor va Paxtakor Suprerliganing 4-turida eng kop tomoshabin topladi


Futbol boyicha Ozbekiston Superligasining 4-turida muxlislarni jalb etish boyicha poytaxt stadionlari yetakchi boldi. Bu haqda PFL xabar berdi.

Paxtakor va Fargonaganing Neftchi jamoalari ortasidagi uchrashuvga 15 100 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Biroq bu son ham paxtakorchilarning bu muxlis toplash borasida yetakchi bolishiga biroz kamlik qildi. Sababi, Bunyodkor va Buxoro jamoalari ortasidagi oyinni 15 421 nafar ishqiboz bevosita stadionning ozida tomosha qilgandi.

Poytaxt stadionlari uchun bu kabi korsatkich anchadan buyon qayd etilmayotgan edi. 4-turda stadionlarga jami 74 909 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

Ammo bu 3-turdagi muxlislar tashrifiga nisbatan kamdir.Hozircha Ozbekiston Superligasining 3-turi muxlislar tashrifi borasida eng yaxshisi bolib turibdi. Otgan turni jami 85 209 nafar muxlis kuzatib borgan.

Mavsumdagi ilk turni korish uchun stadionlarga 80 570 ishqiboz tashrif buyurgandi. Bunda eng kop ishqiboz Neftchi Nasaf oyiniga keldi 19 632.

2-turda esa tashriflar soni kamaygan 57 876. Biroq 1 ta oyin borasidagi korsatkich yaxshilandi hamda Bunyodkor va Paxtakor klublari ortasidagi Toshkent derbisini 20 168 muxlis stadiondan kuzatdi. Bu korsatkich mazkur ikki klubning ozaro oyinlardagi rekord natijasi boldi. Bungacha 2008-yilgi mavsumdagi Toshkent derbisini 18 mingdan koproq ishqiboz kuzatib borgandi.

3-turga kelib Superliganing rekordi Namanganda yangilandi. Navbahor hamda Lokomotiv jamoalari ishtirokidagi oyinni 25 300 ishqiboz stadiondan kuzatdi. Shu kuni ayrim sektorlarga chiptalar 30 mingdan sotilgan bolsa-da, stadion kassalarida birorta ham chipta qolmadi. Shuningdek, Namangandagi stadionga kirish istagida bolgan yana minglab muxlislar tribunalardan joy topa olmay, Navbahorni maydon tashqarisida qollab turdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-04-2018, 16:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -