» » Moskvada o‘zbeklarni o‘g‘irlagan seriyali jinoyatchilar ushlandi. Jinoyatchilarning o‘zlari ham o‘zbek

Moskvada o‘zbeklarni o‘g‘irlagan seriyali jinoyatchilar ushlandi. Jinoyatchilarning o‘zlari ham o‘zbek


Rossiya poytaxtida to‘rt kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi. Ular o‘zbek muhojirlarini olib qochib, garov evaziga qo‘yib yuborgan, deb xabar beradi “MK.ru”.

Jinoyatchilarning uch nafari o‘zbek, bir nafari tojik. Ular shu paytgacha uch kishini olib qochgan. Jabrdiydalardan biri ayol kishidir.

Aytilishicha, 24-mart kuni huquq-tartibot idoralariga 30 yoshli Zohirjon murojaat etib, ikki kun muqaddam 33 yoshli rafiqasi Gulilola g‘oyib bo‘lganini aytgan. Dastlab undan 50 ming rubl talab qilishgan, 23-mart kuni esa talabni 15 ming rublga tushirishgan. Shu kunning o‘zida boshqa jabrdiydalarning qarindoshlari ham politsiya idorasiga yetib kelgan.

Tezkor xodimlar sa’y-harakatlari bilan gumondorlar — 24 yoshli Sardor Abdurahmon o‘g‘li, 20 yoshli Olloyor Oybek o‘g‘li, 26 yoshli Davron To‘xtamurod o‘g‘li hamda 22 yoshli tojik yigiti Mirzobobur ushlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют