» » Surxondaryo viloyatida foydalanilmayotgan obyektlar tadbirkorlik subyektlariga beriladi

Surxondaryo viloyatida foydalanilmayotgan obyektlar tadbirkorlik subyektlariga beriladi


Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish qarorning maqsadidir.

Qaror bilan Surxondaryo viloyatining to‘qqizta tuman (shahar)laridagi foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlari va ishlab chiqarish maydonlarida (jami 55,1 gektar) kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etiladi.

KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

KSZlarda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют