» » Toraqorgon IES qachon ishga tushadi?

Toraqorgon IES qachon ishga tushadi?


Namangan viloyatining Toraqorgon tumanida barpo etilayotgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushishini nafaqat namanganliklar, balki Fargona vodiysi aholisi ham sabrsizlik bilan kutmoqda. Chunki, mazkur energetika inshooti mintaqada elektr taminotidagi muammolarga barham berish bilan birga, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiladi, deya xabar beradi OzA.

Keyingi paytda Toraqorgon IESda nima gap? IES qurilishi toxtab qolgan shekilli? IES qachon ishga tushar ekan? qabilidagi savollar kopaymoqda.

Ozdavenergonazorat inspeksiyasi Namangan hududiy bolimi inspektori Sherzod Hojiyevga kora, mazkur muhim loyiha boyicha bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Ozbekenergo DAK buyurtmasi asosida bunyod etilayotgan mazkur stansiyaning umumiy loyiha qiymati 1,2 milliard dollarga teng.

Hozirgacha bu yerda obyektgacha bolgan yol va kommunikatsiya tarmoqlari, direksiya mamuriyati uchun ikki qavatli bino, yongin xavfsizligi xizmati inshootlari, soatiga 120 kub metr ishlab chiqarish quvvatiga ega bolgan beton zavodi va boshqa koplab yordamchi xojalik inshootlari qurilgan. Bundan tashqari IESda ishlovchilar uchun qurilayotgan tort qavatli ikkita turar-joy binosida pardozlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish-montaj ishlariga 800 ishchi va 44 maxsus texnika jalb etilgan.

Xalqaro tenderda Yaponiyaning Mitsubihi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems konsorsumi bosh pudratchi sifatida golib deb topildi. Ushbu kompaniya bilan 749,43 million dollarlik shartnoma imzolangan. 2017-yil 1-yanvaridan boshlab yordamchi pudratchi Turkiyaning SaIik Enerji kompaniyasi muhandis-texnik mutaxassislari ham qurilish-montaj ishlarida ishtirok etmoqda.

Issiqlik elektr stansiyasining 1-energobloki 2019-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi. 2-energoblok va stansiyaning toliq ishga tushirilishi 2020-yilning mart oyiga rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-04-2018, 07:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -