» » Surxondaryoda agrofirma qorovuli o‘z dalasidan 23 mln so‘mlik ko‘chat o‘g‘irladi

Surxondaryoda agrofirma qorovuli o‘z dalasidan 23 mln so‘mlik ko‘chat o‘g‘irladi


Surxondaryo viloyatidagi Angor Golden Fruits agrofirmasida ko‘chat ekish mavsumida ko‘chat o‘g‘rilari qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Firmaning Angor tumanidagi Kattaqum mahallasi hududida joylashgan bog‘dorchilik dalasiga ekilgan o‘rik, olxo‘ri, bodom daraxti ko‘chatlari rahbarlar nazarida kamayib ketayotgandek bo‘lib tuyuladi. Qorovuldan so‘rab-surishtirsa u pinagini ham buzmay, egnini qisib, rahbarlar ko‘ziga tik qarab turaveradi.

Shundan so‘ng sanab ko‘rishsa, 10 kun deganda daladan 23 million so‘mlik 930 dona ko‘chat o‘marib ketilgani ma’lum bo‘ldi.

Ko‘chat o‘g‘risini topish ilinjida ichki ishlar idorasiga murojaat etgan agrofirma mutasaddilari beixtiyor yoqa ushlab qoldi. Chunki, o‘g‘rilikni firmaning dala qorovuli Egriboy Qobilov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) va muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fermer Sholli Jo‘lliyev sodir etgani aniqlanib, ashyoviy dalil olindi.

Yaxshi niyat bilan ekilgan ko‘chatlarni o‘margan hamtovoqlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют