» » Huawei’ning yillik hisoboti: 2017-yilda sof daromad 28,1 % o‘sib, 7,3 mlrd AQSh dollariga yetdi

Huawei’ning yillik hisoboti: 2017-yilda sof daromad 28,1 % o‘sib, 7,3 mlrd AQSh dollariga yetdi


2018-yil 30-mart kuni Huawei 2017-yilgi audit natijalarini e’lon qildi. Kompaniyaning sof daromadi 2017-yilda 28,1 foizga o‘sdi va 47,5 milliard yuanni tashkil etdi (7,3 milliard dollar).

Hisobotda aytilishicha, kompaniyaning yillik daromadi 2016-yilga nisbatan 15,7 foizga o‘sib, 603,6 milliard yuanni tashkil etdi (92,5 milliard dollar almashuv kursining yil yakunlari bo‘yicha). 2017-yilda Huawei kompaniyasining tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 89,7 milliard yuan (13,8 milliard AQSh dollari)ga yetdi va 2016-yilga nisbatan 17,4 foizga o‘sdi. So‘nggi o‘n yillikda kompaniyaning tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltirgan xarajatlari 394 milliard yuan (60,4 milliard dollar) dan oshdi.

“Biz yangi yo‘lda xarakatlanmoqdamiz”, — deydi Huawei’ning direktorlar kengashi raisi Ken Xu. “Imkoniyat va chaqiruvlar har qachongidan ham tezroq paydo bo‘ladi va innovatsiyalarning doimiy ochilishi — bu o‘yinda etakchi bo‘lishimizga imkon beradigan yagona usuldir. Keyingi 10 yil ichida Huawei texnologik innovatsiyalarga investitsiyalarni ko‘paytirishni davom ettiradi va yiliga 10 milliard sarmoya kiritadi. Ochiq hamkorlik tamoyiliga sodiq qolib, eng yaxshi iste’dodlarni jalb qilsak, kelajakda noaniqliklarni o‘rganishga qaratilgan izlanishlarimizda muvaffaqiyatga erishamiz. Biz barcha sohalar raqamli va intellektual bo‘lishi uchun yanada yaxshi imkoniyatlar yaratishni istaymiz”.

“2018-yilgi rejalar haqida gapirganda, aytish joiz buyumlar interneti, bulutli hisoblash, sun’iy intellekt va 5G kabi yangi texnologiyalar keng qo‘llaniladi. Ushbu jarayon davomida Huawei texnologik innovatsiyalar va ishbilarmonlik o‘zgarishlarining oldida qoladi. Eng muhimi, biz mijozlarimiz raqamlashtirish yo‘lida duch keladigan amaliy muammolarga alohida e’tibor qaratamiz. Bizning vazifamiz ularga bu muammolarni yechishda va biznesda muvaffaqiyat qozonishida ko‘maklashishdir. Biz har bir insonga, har bir oilaga va har bir tashkilotga raqamli dunyoni butunlay bog‘langan, intellektual dunyoni yaratishga intilamiz”, — dedi Ken Xu.

Butun e’tiborini global aloqa operatorlarining mavjud tarmoqlari potensialidan maksimal darajada foydalanish va yangi video, IoT hamda bulutli texnologiyalar imkoniyatlardan foydalanish orqali 2017-yilda Huawei kompaniyasining telekommunikatsiya operatorlari bilan ishlash bo‘yicha biznes guruhi 297,8 milliard yuan (45,7 milliard dollar) daromad olgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 foizga ko‘p demakdir.

Huawei’ning korporativ mijozlar bilan ishlash yo‘nalishi bulutli texnologiyalar, katta ma’lumotlar, korporativ kampuslar, ma’lumot markazlari, buyumlar internetga qaratdi va bir qator vertikal tarmoqlar uchun o‘z mahsulotlari va yechimlarini keng qo‘lladi. Huawei’ning korporativ biznes daromadlari 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 35,1% ga ortib, 54,9 milliard yuan (8,4 milliard AQSh dollari) tashkil etdi.

Iste’molchi biznesida Huawei va Honor brendlari oldinga siljidi, bu esa o‘z navbatida bozorlarda tez o‘sishga olib keldi. 2017-yilda Huawei jami 153 million (shu jumladan, Honor) smartfonlarini jo‘natdi, yillik daromad esa 237,2 milliard yuanni (36,4 milliard dollar) tashkil qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 31,9 foizga ko‘p demakdir.

2017-yilda Huawei bulutli texnologiyalar bo‘yicha (Cloud Business Unit) yo‘nalish ochib, 14 ta asosiy toifadagi va 50 dan ortiq yechimlardan iborat 99 bulut xizmatini ishga tushirdi. Kompaniya, shuningdek, Enterprise Intelligence (EI) platformasini joriy etdi va 2000 dan ortiq xamkorlar bilan bulutli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha birga ishladi.

2017-yillik hisobotining moliyaviy ma’lumotlari mustaqil KPMG auditorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan. 2017-yilgi yillik hisobotning to‘liq nusxasini www.huawei.com/en/about-huawei/annual-report/2017 manzili orqali ko‘rishingiz mumkin.?

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют