» » Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Kemerovodagi yong‘inda 50 kishini qutqargan tojikistonlikni taqdirladi

Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Kemerovodagi yong‘inda 50 kishini qutqargan tojikistonlikni taqdirladi


Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Kemerovodagi yong‘inda qahramonlik ko‘rsatgan fuqarolar bilan uchrashdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bastrikin ularga qo‘mita mukofotlarini topshirdi. Ular orasida “Zimnyaya vishnya: savdo markazi ikkinchi qavatdagi oyoq kiyimlar do‘koni xodimi, tojikistonlik Farzon Salimov ham bor.

U va yana bir tojikistonlik — Mahmud Xo‘jayev yong‘in chiqqanidan so‘ng 50 dan ortiq kishini qutqarishga yordam berdi. Ular sarosimaga tushib qolgan odamlarga savdo markazini tezrok tark etish yo‘lini ochib bergan, nogironligi bo’lgan shaxslarni zinadan olib tushishga yordam qilgandi.

“Qalb amri bilan xizmat vazifasiga ko‘ra bunga mas’ul bo‘lganlardan ko‘proq o‘zini ko‘rsatgan insonlarni tez-tez uchratamiz. Sizlar ham shunday kishilar toifasiga kirasiz. Taqdim etilayotgan medallar jangovar, ular haqiqiy mardlik namunasini ko‘rsatgan insonlarga beriladi”, — dedi Aleksandr Bastrikin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют