» » OCHL. “Nasaf” o‘z maydonida “Persepolis”ni yuta olmadi

OCHL. “Nasaf” o‘z maydonida “Persepolis”ni yuta olmadi


?O‘zbekistonning “Nasaf” jamoasi Osiyo Chempionlar ligasining 5-turi doirasida o‘z maydonida Eronning “Persepolis” klubini qabul qildi.

Uchrashuv “Nasaf” uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega edi. Chunki qarshiliklar musobaqaning keyingi bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishi talab etilardi. Berdiyev shogirdlari hisobida 6 ochko bo‘lsa, “Persepolis” hamda “As-Sadd” 9 ochko jamg‘argandi. Birorta ochko to‘play olmagan “Al Vasl” esa pley-offdan allaqachon umidini uzib bo‘lgan. Shu holatda “Nasaf” nursiz durang qayd etdi. Ayni vaqtda guruhning yana bir o‘yinida “As-Sadd” o‘z maydonida “Al-Vasl”ni (1:0) mag‘lub etmoqda. Agar bu o‘yinda mezbonlar kamida 1 ochkoni qo‘lga kiritsa ham, “Nasaf” muddatidan oldin OChL bilan xayrlashadi.

Osiyo Chempionlar ligasi

“C” guruhi, 5-tur bellashuvi

2-aprel, dushanba

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G‘aniyev (17.Doniyor Narzullayev, 77), 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abdixoliqov, 20.Islom Kenjaboyev (69.Dragan Cheran, 62), 22.Igor Golban (s), 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov (14.Sharof Muhitdinov, 88), 92.Umarbek Eshmurodov.

“Persepolis”: 1.Alirizo Beyranvand, 2.Sodih Muharrami, 4.Said Jalol Husayni (s), 10.Farshod Axmadzoda, 11.Komil Kamilobi Ziyo, 13.Husayn Mohiyni, 15.Muhammad Ansori, 18.Muhsin Robi Xon, 19.Vohid Amiri (69.Ali Muslix Taklimi, 87), 70.Ali Alipur (5.Bashar Buniyan, 90+2), 88. Siyomak Ne’mati (8.Axmad Nurullohi, 69).

Ogohlantirishlar: Azizjon G‘aniyev 76, Axmad Nurullohi 90+3.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют