» » Sirdaryoda tibbiyot xodimlari uchun amerikalik professor ishtirokida seminar o‘tkazildi

Sirdaryoda tibbiyot xodimlari uchun amerikalik professor ishtirokida seminar o‘tkazildi


Sirdaryo viloyat hokimligi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 31-mart kuni AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahridan Sirdaryo viloyatiga Amerikaning IDEA trast (Infection Disecses Erradication Alliace) xayriya jamg‘armasi prezidenti, biologiya fanlari doktori, professor Pyotr Yevgenyevich hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh epidemiologi, xalqaro tibbiy sanitariya me’yorlari bo‘yicha milliy koordinatori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ibrohim Mamatqulovlar tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

Guliston shahar tibbiyot birlashmasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari, OITS markazi va DSENMlarda faoliyat ko‘rsatayotgan vrach epidemiologlar, immunologlar, vrach laborantlar, birlamchi tibbiy bo‘g‘in shifokorlari hamda sohaga tegishli bo‘lgan mutaxassislar uchun dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.

Seminar ishtirokchilari tomonidan ma’ruzalar qiziqish bilan tinglanib, savol-javoblar asosida ko‘pchilikni qiziqtirgan masalalar muhokama etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют