» » “Odnoklassniki” tabiiy hodisalar haqida ogohlantirish ilovasini ishga tushirdi

“Odnoklassniki” tabiiy hodisalar haqida ogohlantirish ilovasini ishga tushirdi

“Odnoklassniki” tabiiy hodisalar haqida ogohlantirish ilovasini ishga tushirdi

"Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog'i favqulodda vaziyat haqida xabar olish va yaqin insonlarining xavfsizlikda ekanligiga ishonch hosil qilishga yordam beruvchi yangi veb va mobil ilovalari sozlanmasini taqdim etdi. "Men xavfsizlikdaman” loyihasi 2016 yilning 2 noyabr kuni Mail.Ru Group va Rossiya FVV o'rtasida tuzilgan kelishuv doirasida amalga oshirildi.

"Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog'i va Rossiya Favqulodda Vaziyatlar vazirligi yangi, tabiiy ofatlar va halokatlar paytida foydalanuvchilarga yordam berishni ko'zda tutuvchi xizmatni ishgi tushirilishi haqida e`lon qildi. "Men xavfsizlikdaman” loyihasi uning profilida ko'rsatilgan viloyat va turgan joyni avtomatik tarzda aniqlaydi va tegishli xabarni yuboradi. U bilan birga foydalanuvchilar foydali axborot, favqulodda xizmatlarning shoshilinch raqamlari va yuzaga kelgan holatda qanday harakat qilish haqida qo'llanmani olishadi.

“Odnoklassniki” tabiiy hodisalar haqida ogohlantirish ilovasini ishga tushirdi

Bundan tashqari, yangi sozlanma "Men xavfsizlikdaman” statusini o'rnatish va tezkorlik bilan do'stlaringizning qay biri ofat yuz bergan hududda ekanligini bilish imkonini beradi. Buning uchun "Xavfsizlikda” maxsus ilovasi ustiga bosish kerak, agar ularning ahvoli haqida xabar bo'lmasa, "Ularga yozing” ilovasi orqali bilish mumkin bo'ladi.

Kelajakda ilova nafaqat Rossiya aholisini, balki ijtimoiy tarmoqning boshqa mamlakatlaridagi foydalanuvchilarini ham ogohlantirish imkonini beradi.

“Odnoklassniki” tabiiy hodisalar haqida ogohlantirish ilovasini ishga tushirdi


 

Опубликовано: special_one (4-11-2016, 11:21)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют