» » Meizu 15 flagmanining “jonli” fotosuratlari paydo bo‘ldi (foto)

Meizu 15 flagmanining “jonli” fotosuratlari paydo bo‘ldi (foto)


Meizu kompaniyasi o‘zining 15 yilligi sharafiga “yubiley” flagman lineykasini — Meizu 15, 15 Plus va 15 Lite smartfonlarini tayyorlamoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Internetda paydo bo‘lgan “jonli” suratlar sharofati bilan ular haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Meizu iPhone X ekrani tepasidagi “qosh”ni ko‘chirib o‘tirmadi, shuningdek, pastki qismda boshqaruv tugmasi qoldirilgan. Shu sababli smartfonni romsiz deb bo‘lmaydi. Smartfonning orqa paneli yaltiroq qoplamali metalldan ishlangan. Yuza tomondagi pastki tugma kichikkina, shu sababli u yerga barmoq izi skaneri sig‘ishi amri mahol. U korpusning o‘ng chetiga joylashtirilishi taxmin etilmoqda.

Lineykadagi o‘rtacha model — Meizu 15 5,5 dyuym, 15 Plus — 6 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Smartfonlar 15-aprel kuni taqdim etilishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют