» » MH17 halokati bo‘yicha tergovchilar yangi xulosalarni e’lon qildi

MH17 halokati bo‘yicha tergovchilar yangi xulosalarni e’lon qildi


MH17 halokatini tekshirish bo‘yicha xalqaro tergov guruhi ikki mustaqil ekspertning Rossiya tomoni taqdim etgan radarlar tasvirlari bo‘yicha xulosalarini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Rossiya radarlaridan olingan tasvirlarda Buk majmuasidan uchirilgan raketa qayd etilmagan. Ammo, tergov guruhi fikricha, bu raketa umuman uchirilmaganini bildirmaydi.

Mustaqil ekspertlar Rossiyaning Ust-Donetskidagi radiolokatsiya stansiyasi Buk raketasi parvozini uning xususiyatlari, xususan, tezligi sababli qayd eta olmagan bo‘lishi mumkin, degan xulosaga keldi.

“Raketa tezligi fuqarolik aviatsiyasinikidan ancha katta, fuqarolik radiolokatsiya stansiyasi sozlamalari shundayki, bunday tezkor obyektlar odatda radar tasvirlarida ko‘rinmaydi. Bu radar tasviridagi ‘xaos’ oldini oladi”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, tergov guruhi Rossiya radarlari MH17 yaqinida boshqa birorta ham samolyotni qayd etmaganiga e’tibor qaratmoqda.

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan Boeing 777 Malaysia Airlines yo‘lovchi samolyoti 2014-yilning 17-iyulida Donetsk viloyatining sharqida halokatga uchragan edi. Samolyotning 283 nafar yo‘lovchisi va 15 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют