» » Bo‘z tumani sessiyasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal etilmayotgani tanqid qilindi

Bo‘z tumani sessiyasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hal etilmayotgani tanqid qilindi


Xalq deputatlari Bo‘z tumani Kengashi sessiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlardan iborat guruh tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish tarmoqlari, ijtimoiy soha ahvolini o‘rganish natijalari, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Andijon viloyatining Bo‘z tumanida qariyb 68 ming aholi istiqomat qiladi. Tumanda aholi farovonligini oshirish, turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, o‘rganish jarayonida bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanmaslik, ayrim sohalarga e’tibor qaratmaslik holatlari mavjudligi ayon bo‘ldi.

Deputat va senatorlar asosiy e’tiborni birinchi galda hal etilishi zarur bo‘lgan masalalarga qaratdi.

Sessiyada tumanda tibbiyot sohasidagi muammolar, xususan, patronaj ishlarining tahlili yo‘qligi, foydalanilmayotgan obyektlarga investorlarni jalb etish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayotgani, sanoat chiqindilarini qayta ishlashda kamchiliklar mavjudligi ta’kidlandi.

Shuningdek, manzilli dasturga kiritilgan loyihalarga imtiyozli kreditlar ajratish, tadbirkorlik, hunarmandchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, bog‘dorchilik kabi qator sohalarni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotgani qayd etildi. Ayniqsa, madaniyat va istirohat bog‘i, markaziy stadion yo‘qligi jiddiy tanqid qilindi.

Yig‘ilishda infratuzilma muammolari, aholini ish bilan ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini jonlantirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini kengaytirish kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Sessiyada belgilangan ishlarni tizimli amalga oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur vazifalar belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют