WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Rossiyaliklarning salkam yarmi internet bo‘lmagan joyda dam olishni ma’qul ko‘rdi
Rossiyaliklarning salkam yarmi internet bo‘lmagan joyda dam olishni ma’qul ko‘rdi
Rosssiyaliklarning deyarli yarmi (46 foizi) yil davomida ongli ravishda internetdan foydalanishdan sutka davomida va undan ko‘p voz kechgan. Rossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda.
Yana 66 foiz respondentlar beixtiyor tarmoqdan uzilib qolgan, biroq ulardan 88 foizi bundan noqulaylik sezmagan, 7 foizi esa hatto xursand bo‘lgan.
So‘rovda ishtirok etganlarning 77 foizga yaqini virtual hayotdan vaqti-vaqti bilan uzilishni maqsadga muvofiq deb hisoblamoqda. 47 foiz kishi internetga bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan joyda dam olishni ma’qul ko‘rdi. Bu toifa orasida yarmidan ko‘pi (53 foizi) 18 dan 24 yoshgacha bo‘lganlar ekanligi bildirilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?