» » Andijonlik qotil ona 3 yoshli o‘g‘lini qanday va nimaga o‘ldirganini aytib berdi (video)

Andijonlik qotil ona 3 yoshli o‘g‘lini qanday va nimaga o‘ldirganini aytib berdi (video)


4-aprel kuni Qo‘qon shahrida o‘lik holda topilgan o‘g‘il bolaning shaxsi aniqlangani, dastlabki taxminlarga ko‘ra, u o‘z onasi tomonidan o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturining ijodkorlari tomonidan voqea joyidan lavha tayyorlandi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.

Xabarda aytilishicha, Qo‘qon shahrining Turkiston ko‘chasidagi bino oldidagi archa daraxtlari tagidan 3 yoshli voyaga yetmagan o‘g‘il bolaning jasadi topilgan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv-surishtiruv harakatlari davomida bolani qasddan o‘ldirgan inson o‘zining onasi bo‘lib chiqdi.

Andijon viloyati Qo‘rg‘otepa tumani Ma’murobod qishlog‘i istiqomat qiluvchi Saidaxon Tillavoldiyeva o‘zining 2015-yil 4-noyabrda tug‘ilgan o‘g‘li Firdavsbek Ibrohimjonovni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Jinoyatni yashirish maqsasida qotil ona bolaning jasadini archa tagiga yashirib qo‘ygan.

Tezkor tadbirlar davomida 3-aprel kuni Saida Tilavoldiyeva Toshkent shahrida qo‘lga olingan.

Ayni kunlarda mazkur jinoyat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saidaxon Tillavoldiyeva turmushidan ajrashib, ota uyida yashay boshlagan. Joriy yilning 23-mart kuni esa oilaviy nizo tufayli 3 yoshli o‘g‘li bilan ota uyini tark etib, vaqtincha ishlash maqsadida Toshkent shahriga boradi. Lekin farzandi bilan o‘ziga mos ish topa olmaydi. 2-aprel kuni u farzandi Firdavsni vaqtincha qarab turishi uchun tanishi J.Uga qoldirish maqsadida Toshkentdan Uchko‘prik tumaniga keladi. Tanishi J.Uni topa olmagach, yo‘nalishli avtobusda Qo‘qon shahriga kelib, “Qo‘qon–Toshkent” avtobekati hududida o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldiradi va ishlash maqsadida yana Toshkent shahriga qaytadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют