» » Sobiq TAPOiChning bir qismi biznes-aviatsiya aeroportini tashkil qilish uchun berildi

Sobiq TAPOiChning bir qismi biznes-aviatsiya aeroportini tashkil qilish uchun berildi


“Toshkent-Sharqiy” aerodromi va “Toshkent mexanika zavodi” (sobiq TAPOiCh) hududining bir qismi “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga berildi. Bu Prezidentning 2018-yil 3-yanvardagi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb yozadi Spot.

Ushbu hujjatlarga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aerodromning o‘ziga (bungacha u Mudofaa vazirligi tasarrufida bo‘lgan), yaqinda joylashgan 94 va 122-harbiy shaharchalarning bir qismiga, shuningdek, “Toshkent mexanika zavodi”ning bir necha bino va inshootlariga ega bo‘ldi.

Kompaniya boshqa idoralar bilan birgalikda bo‘lg‘usi aeroportning tarkibiga kiradigan ushbu obyektlar hududi, binolar va inshootlarini aniqladi. Xabar qilinishicha, aerokompleks qurilishi boshlangan.

Loyiha doirasiga kiritilmagan aerodrom va harbiy shaharchalar hududi Toshkent viloyati hokimliklariga berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют