» » Qozog‘iston kompaniyasi O‘zbekistonga MEGA savdo markazlari tarmog‘ini va avtomobil brendlarini olib kirmoqchi

Qozog‘iston kompaniyasi O‘zbekistonga MEGA savdo markazlari tarmog‘ini va avtomobil brendlarini olib kirmoqchi


Qozog‘istonning Astana Group kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga MEGA savdo-ko‘ngilochar markazlari tarmog‘ini va avtomobil brendlarini kiritishga tayyorlanmoqda, deb yozadi Spot kompaniya prezidenti Nurlan Smagulovga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekiston bozorini qiziqarli va jozibali deb hisoblaydi.

“O‘zbekiston katta aholi — 30 million kishilik qiziqarli, jozibali bozor hisoblanadi. Ustiga-ustak, u yerda iqtisodiy islohotlar boshlandi, konvertatsiya, biznes liberalizatsiyasi e’lon qilindi… Men allaqachon O‘zbekistonga borib, bozori bilan tanishib keldim, u hajmi va band emasligi, katta potensial talabi bilan hayratda qoldiradi. Chunki O‘zbekistondagi oilalar ko‘p farzandli, ular uchun dam olish kunini o‘tkazish juda muhim, u yerda xalqaro brendlar yo‘q, ularni biz olib borishimiz mumkin. Brendlarning o‘zlari bizga murojaat qilib, O‘zbekiston bozoriga hamkorlikda kirishni taklif qilmoqda”, — dedi Nurlan Smagulov.

“Bizga xalqaro avtomobil brendlari ham murojaat qildi. Ular biz bilan birga yangi bozorga chiqishga tayyor… Hozir biz qonunchilik, investitsiyaviy iqlim bilan tanishish jarayonidan o‘tyapmiz va bizning xodimlarimiz vaziyatni o‘rganish uchun u yerga tez-tez borib turibdi. Biz kontaktlar va muzokaralar uchun tayyormiz”, — deya qo‘shimcha qildi biznesmen.

Astana Group iqtisodiyotning noxomashyo sektorida — avtoriteylda, tijorat ko‘chmas mulklari bozorida ishlaydigan korxonalarni birlashtiradi. Xoldingning developerlik bo‘linmasi — Mega Development — Qozog‘istondagi eng yirik MEGA savdo-ko‘ngilochar markazlari tarmog‘ini quradi va rivojlantiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют