» » O‘zbekiston va Turkiya preferensial savdo to‘g‘risida kelishuv loyihasini tayyorlamoqda

O‘zbekiston va Turkiya preferensial savdo to‘g‘risida kelishuv loyihasini tayyorlamoqda


O‘zbekiston tashqi savdo vazirligida iqtisodiyot vazirligi va Turkiya bojxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida preferensial savdo to‘g‘risida kelishuv imzolash loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston tomondan muzokaralarda tashqi savdo vazirligi, tashqi ishlar vazirligi, adliya vazirligi, iqtisodiyot vazirligi, davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi hamda “O‘zbekekspertiza” AJ ekspertlari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida preferensial savdo to‘g‘risida kelishuv loyihasi matni, shuningdek unga ilova qilinadigan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo munosabatlari doirasida imtiyozlar beriladigan tovarlar turlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ikki tomonlama manfaatli shart-sharoitlarga erishish maqsadida muzokaralarni ekspertlar darajasida davom ettirish taklifi berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют