» » Andijondagi bolalarga o‘z vaqtida ovqat bermagan bog‘cha xodimlari ishdan bo‘shatildi

Andijondagi bolalarga o‘z vaqtida ovqat bermagan bog‘cha xodimlari ishdan bo‘shatildi


2-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Bog‘chada bolalarga tushlik o‘z vaqtida berilmagani uchun ular och uxladi” sarlavhali videomaterial e’lon qilindi, deb xabar beradi UzDaily.

Vаziyatga oydinlik kiritish uchun maktabgacha ta’lim vazirligida tezkor ishchi guruh tuzilgan.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, video 2-aprel kuni soat 11:20 da Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida joylashgan 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 1988-yilda tug‘ilgan bog‘cha xodimasi Z.M tomonidan tasvirga olingan.

O‘sha kuni haqiqatdan ham o‘z vaqtida go‘sht yetkazib berilmagani tufayli tushlik ovqati kech tayyorlangan.

O‘z vazifalariga sovuqqon yondashgan hamda oshxonada sanitariyaga zid holatlarga yo‘l qo‘ygani uchun maktabgacha ta’lim muassasasi xo‘jalik mudiri Alisher Ahmedov, bosh oshpaz Ulug‘bek Jalilov va oshpaz Abdujalil Sultonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi S.Abdullayeva ham lavozimidan ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют