» » Internetda bolalarni urayotgan bog‘cha tarbiyachisining videosi tarqaldi. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi surishtiruv boshladi

Internetda bolalarni urayotgan bog‘cha tarbiyachisining videosi tarqaldi. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi surishtiruv boshladi


30-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida bog‘cha tarbiyachisi bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan videoyozuv paydo bo‘ldi. Voqea qachon, qayerda, qaysi bolalar bog‘chasida yuz bergani hozircha ma’lum emas.

Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu holatni o‘z nazoratiga olib, tezkor ishchi guruhi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligini ma’lum qiladi.

Tekshiruv yakunlari bilan aniqlangan har bir holat bo‘yicha MTV jamoatchilikni xabardor qilib boradi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi bolalar bog‘chalarida tarbiyachilarning bolalarga kuch ishlatishi holatlari avval ham bir necha bor qayd etilgan.

Mavzuga doir: Ichki ishlar vaziri Denovdagi bog‘chada va Farg‘onadagi maktabda yuz bergan holatga munosabat bildirdi; Samarqanddan video: Bolalarni urib, so‘ng ularga muzqaymoq ulashayotgan bog‘cha xodimi; Navoiy shahridagi bog‘chada bolalarga qo‘l ko‘targan tarbiyachi ishdan haydaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют