» » Bolalarni fayl-papka bilan urayotgan tarbiyachi videosi Jizzaxdagi bog‘chada olingani aniqlandi. Tarbiyachi ishdan haydaldi

Bolalarni fayl-papka bilan urayotgan tarbiyachi videosi Jizzaxdagi bog‘chada olingani aniqlandi. Tarbiyachi ishdan haydaldi


Tarbiyachi ayol bog‘cha bolalarini urayotgani aks etgan va 30-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan videoyozuv Jizzax shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida olingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, video 27-mart kuni Jizzax shahridagi 30-sonli “Navro‘z” nomli maktabgacha ta’lim muassasasida olingan. Videoda qo‘lida fayl-papka bilan bolalarga qo‘l ko‘targan tarbiyachi — 37 yoshli Mohira Mamatqulova ushbu bog‘chada 2007-yildan beri ishlab kelishi, 11 yillik ish faoliyatida jiddiy kamchilik kuzatilmagani aniqlangan.

Biroq, “2018-yilning 27-mart kuni u oilaviy muammolari tufayli asabiylashganligi va kayfiyati yo‘qligi sabab tarbiyalanuvchilarni qo‘l ishlatish yo‘li bilan tinchlantirishga harakat qilganligini bayon etdi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Mavzuga doir: Internetda bolalarni urayotgan bog‘cha tarbiyachisining videosi tarqaldi. O‘zbekiston Maktabgacha ta’lim vazirligi surishtiruv boshladi

Vazirlik olib borilgan tezkor surishtiruv yakuni bo‘yicha tarbiyachi Mohira Mamatqulova bilan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi 4-qismiga binoan bekor qilgan, surishtiruv materiallari va hujjatlarini qonuniy chora ko‘rish uchun Jizzax shahar prokuraturasiga taqdim etgan.

Vazirlikning qayd etishicha, “hozirda prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют