» » Farg‘onadagi savdo-ko‘ngilochar markazlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Farg‘onadagi savdo-ko‘ngilochar markazlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi


Farg‘ona shahridagi Atlas, Media Park va boshqa yirik savdo-ko‘ngilochar markazlarida jamoat joylarida yong‘in bilan bog‘liq va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Aziz Ermatov xabar berdi.

Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, davlat sanitariya epidemiologiya markazi, gaz va elektr ta’minoti korxonalari hamkorligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar doirasida bozorlar va savdo-ko‘ngilochar markazlarida yong‘in chiqqan taqdirda aholini qutqarish va o‘tni o‘chirish yo‘llari mashq qilindi. Har ikki binoning yong‘in paytida foydalanish ko‘zda tutilgan yo‘laklari, evakuatsiya rejalari va jihozlari ko‘zdan kechirilib, soz holga keltirildi.

Mashg‘ulotlar davomida majmua xodimlari yong‘in kelib chiqqanda uni bartaraf etish, fuqarolarni evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordamni ko‘rsatish mashqlarini bevosita mutaxassislar bilan birgalikda bajardi. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida 255 nafar fuqaro ishtirok etdi.

Viloyat hokimligida yong‘in xavsizligini ta’minlashga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda bu borada Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida aniqlangan kamchiliklar ayovsiz tanqid qilindi. Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini zamonaviy mezonlar bo‘yicha tashkil etish, arxitektura va qurilish, elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq me’yor va talablar borasida kerakli tavsiyalar berildi.

— Yong‘in xavfsizligi profilaktikasi va bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida viloyat hokimligining alohida chora-tadbirlar rejasi belgilandi, — deydi Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Qamariddin Imomov. — Shu asosda viloyatdagi har bir korxona-tashkilot, xo‘jalik yurituvchi subyektda yong‘in xavfsizligi, fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etishga rahbar va mas’ul xodimlar bevosita javobgar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Farg‘ona viloyatida 42 ta bozor, 10 ga yaqin yirik savdo-ko‘ngilochar majmuasi faoliyat ko‘rsatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют