» » Qo‘qon teatri aktyorlarining muammosi 3 kunda hal etildi – kredit muddati 20 yilga uzaytirildi

Qo‘qon teatri aktyorlarining muammosi 3 kunda hal etildi – kredit muddati 20 yilga uzaytirildi


2-aprel kuni “Daryo” “Qo‘qon teatri aktyorlari Prezident topshirig‘i bilan qurilgan uyga ko‘chib kirishni nega istamayapti?” nomi bilan jurnalist surishtiruvi e’lon qilgandi. Unda Qo‘qon musiqali drama teatri aktyorlari Prezident topshirig‘i bilan shaharda teatr, san’at va madaniyat xodimlari uchun qurilgan uylarni bank tomonidan belgilangan narx, boshlang‘ich badal va oylik to‘lovlar qimmatligi sabab sotib ololmayotganiga oydinlik kiritilgan edi.

Maqola e’lon qilinganidan uch kun o‘tib, teatr xodimlari muammo shahar hokimligi va “O‘zsanoatqurilishbank”ning Qo‘qon filiali mutasaddilari tomonidan zudlik bilan hal etilib, ipoteka krediti muddati 20 yilga uzaytirilganini ma’lum qildi.

Bu xabarga aniqlik kiritish maqsdida “Daryo” muxbiri “O‘zsanoatqurilishbank”ning Qo‘qon filiali bilan bog‘landi.

“Haqiqatan ham, ijodkorlar uchun qurilgan uylarning ipoteka krediti muddati 10 yildan 20 yilga uzaytirildi. Hozir kreditlar ajratishni boshladik, teatr xodimlari kelib to‘lov qilishyapti. Kredit muddati uzaytirilganidan quruvchilar ham xursand bo‘ldi”, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank”ning Qo‘qon filiali namunaviy uy-joylarni kreditlash va qurilishini nazorat qilish sektori mudiri Muhammadsolih Hakimov.

Teatr rahbari Husanjon Eshmatov ham bu ma’lumotni tasdiqlab, 5-aprel kuni uch nafar xodim boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirganini aytdi. Teatrning barcha xodimlariga bu ma’lumot yetkazilgan. Ularning boshqa muammolarini ham o‘rganish va hal etish bo‘yicha ish olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют