» » Toshkentdagi birinchi Startup Weekend xakatoni 27—29-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi

Toshkentdagi birinchi Startup Weekend xakatoni 27—29-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi


Toshkentdagi dastlabki Startup Weekend xakatoni 27—29-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari “Daryo”ga ma’lum qildi.

54 soatga mo‘ljallangan intensiv dastur juma kuni oqshomda boshlanib, yakshanba kuni kunduzi yakuniga yetadi. Bu vaqt oralig‘ida dizaynerlar, dasturchilar, ishbilarmonlar, mentorlar va ekspertlar guruhlari jamoalarga bo‘linib, non-stop rejimida mahsulot prototipini tayyorlashlari kerak.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, asosiy e’tibor g‘oyalar validatsiyasiga va jamoalarning ushbu g‘oyalar atrofida birlashishiga qaratiladi. Shu bois dastlab ishtirokchilar bir-birlari bilan o‘zaro tanishadi, vorkshoplar va loyihalar taqdimoti tashkil etiladi.

Ishtirokchilarning ishlashi va ijod qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi aytilmoqda. Xakaton sudyalari qatorida Payme asoschisi Sarvar Ro‘zmatov va Workly rahbari Akmal Payziyev bor, mentorlar orasida Lamuz asoschisi Baxtiyor Hasanov, Robokidz Education rahbari Timur Azamatov, Super Dispatch’ning muhandislik direktori Iskandar Jalolov kabilarni uchratish mumkin.

Startup Weekend’da qatnashish pullik, joylar cheklangan. Xakatonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish bu yerda davom etmoqda: http://startupweekend.herokuapp.com

Xakaton haqida batafsil ma’lumotni StartupWeekend.uz saytida, tadbirning Telegram-kanali va Facebook-sahifasida olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 41) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют