» » Qibrayda 7 mingta futbolka o‘g‘irlagan shaxs tikuv sexini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Qibrayda 7 mingta futbolka o‘g‘irlagan shaxs tikuv sexini yoqib yubormoqchi bo‘ldi


Qibrayda o‘g‘rilikdan so‘ng tikuv sexini yoqib yuborishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Textile Chemical kompaniyasi tikuv sexiga 1-aprelga o‘tar kechasi deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirilib, umumiy qiymati 48,2 million so‘mlik jami 7 235 dona futbolka o‘g‘irlab olib chiqilgan.

O‘g‘rilikni sodir etgan shaxs jinoyat izini yashirish maqsadida sexda qolgan futbolkalarni yoqib yubormoqchi bo‘lganida, uni kompaniya qorovuli ko‘rib qolgan — o‘g‘ri olib chiqqan futbolkalarini tashlab, qochib ketgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumani Baytqo‘rg‘on mahallasida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etgani aniqlandi”, — deyiladi IIV axborotida.

Hozirgi vaqtda gumonlanuvchi qo‘lga olingani aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют