» » Parij milliy operasining Toshkentdagi chiqishlari joyi va muddati o‘zgardi

Parij milliy operasining Toshkentdagi chiqishlari joyi va muddati o‘zgardi


Parij milliy operasi balet truppasining Toshkentdagi chiqishlari joyi va muddati o‘zgardi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Dastlab truppaning konserti “Istiqlol” san’at saroyida 14-aprel kuni bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Biroq, saroyning texnik imkoniyatlari tashkilotchilar talabiga muvofiq kelmagani va balet muxlislari iltimosiga muvofiq konsert boshqa joyga ko‘chirildi.

Mumtoz san’at kechasi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrida 21-may, soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

Xabar berishlaricha, “Istiqlol” san’at saroyi kassalarida xarid qilingan chiptalarni qaytarish yoki yangi narxda 10-apreldan so‘ng sotib olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют