» » Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davriga oid bomba tufayli 26 ming kishi evakuatsiya qilindi

Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davriga oid bomba tufayli 26 ming kishi evakuatsiya qilindi


Germaniyaning Paderborn shahrida istiqomat qiluvchi 26 ming kishi Ikkinchi jahon urushi yillariga oid bomba tufayli evakuatsiya qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

1,8 tonna vaznga ega Britaniya bombasi bir yarim hafta muqaddam bir uy bog‘ida topilgan edi.Bomba 80 santimetr chuqurlikda bo‘lib, uning detonatsiyasi katta vayronaliklarga olib kelishi mumkin edi.

Shahar ma’muriyati bombadan 1,5 kilometr diametrdagi hududda istiqomat qiluvchi aholini evakuatsiya qildi. Evakuatsiya qilingan muassasalar orasida ikkita shifoxona, bir nechta qariyalar uylari va universitet bor edi.

Har yili Germaniyada o‘rtacha 5,5 mingta portlamagan bomba zararsizlantiriladi. Mamlakat hududida hali o‘n minglab bunday bombalar borligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 06:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют