» » O‘zbekiston Markaziy banki o‘tkazgan so‘rov ishtirokchilarining ko‘pchiligi ularning daromadlari narxlarga qaraganda kamroq o‘sganligini ma’lum qildi

O‘zbekiston Markaziy banki o‘tkazgan so‘rov ishtirokchilarining ko‘pchiligi ularning daromadlari narxlarga qaraganda kamroq o‘sganligini ma’lum qildi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan so‘rov ishtirokchilarining ko‘pchiligi ularning daromadlari narxlarga qaraganda kamroq o‘sganligini ma’lum qildi, deb yozadi Spot Markaziy bankning 2018-yilning birinchi choragida iqtisodiyotda kuzatilgan inflyatsion kutilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotiga tayanib.

Yanvardan martga qadar o‘tkazilgan so‘rovda butun mamlakat bo‘ylab 750 jismoniy shaxs va 300 yuridik shaxs qatnashdi.

Mart yakunlariga ko‘ra, so‘rov ishtirokchilarining 37 foizi daromadlari narxlarga nisbatan kamroq o‘sganini aytdi. Taqqoslash uchun, yanvarda ularning ulushi 25 foizni tashkil qilgan.

Mart oyida so‘ralganlarning 32 foizi daromadlari o‘smaganini, ammo narxlar oshganini (yanvarda — 45 foiz), shuningdek, 14 foizi daromadlar ham, narxlar ham bir xilda oshganligini aytgan.

Daromadlar o‘sib, narxlar oshmadi, degan fikrni bildirganlar yanvarda 2 foizni, martda esa 1 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют