» » O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jurnalist Muhammadjon Obidovning kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida jurnalist Muhammadjon Obidovning kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi 


Taniqli jurnalist Muhammadjon Obidovning ketma-ket ikki kitobi chop etildi va o‘quvchilar orasida tez tarqaldi. Bu haqda “Daryo”ga jurnalist Sharofiddin To‘laganov ma’lum qildi.

Ular “Men ko‘rgan dunyo” publitsistik maqolalar to‘plami va tahliliy ocherklarni jamlagan “Buyuk ipak yo‘lidagi Shinjon” kitoblaridir. Shu munosabat bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ularning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ibrohim G‘ofurov, taniqli yozuvchi, filologiya fanlari doktori, professor Xurshid Do‘stmuhammedov, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Ahmadjon Meliboyev, “Xalq so‘zi” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Shuhrat Jabborov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti Nazira Toshpo‘latova va boshqalar so‘zga chiqib, kitoblar haqida, muallifning ijodiy faoliyati va kasbiy mahorati haqida so‘zladi.

“Buyuk ipak yo‘lidagi Shinjon” kitobidan Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni shaharlari, so‘lim manzarasi, infratuzilmasi, ishlab chiqarish hududlari, zamonaviy ko‘rinishi, tarixiy obidalari, taniqli insonlari, madaniy hayoti haqida maqolalar va kundalik turmushi aks etgan ko‘pgina rang-barang va yorqin suratlar o‘rin olgan. U tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, dinshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, turizm sohasi vakillari va keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining boy ma’naviy va madaniy merosini targ‘ib etishga ko‘maklashadi.

– Mazkur kitobda mo‘’jizalar diyori bo‘lmish Xitoyning Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni haqida, bu hududning tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari, siyosati, geografik joylashuvi, madaniyati va iqtisodiyoti, taraqqiyot bosqichlari, bu yerda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarining turmush tarzi va boshqa jihatlar xususida qiziqarli ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari borasidagi tahliliy fikrlar bayon etilgan, — dedi Xurshid Do‘stmuhammedov.

– Muhammadjon Obidovning ushbu risolasida Shinjon madaniyati, xalqining turmush tarzi haqida ma’lumot berilgan. Kitobda bu o‘lkaga islom dinining kirib kelishi va turkiy xoqonlarning harbiy yurishlari natijasida ikki mintaqaning bir-biriga yaqinlantirgan rishtalari haqidagi tarixiy manbalar yoritilgan, — qayd etdi Ibrohim G‘ofurov.

Taqdimot ishtirokchilari “Men ko‘rgan dunyo” kitobiga kiritilgan publitsistik maqolalar tahliliy jurnalistikaning yorqin namunasi bo‘lia oladi va u talabalar uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi, deb ta’kidladi.

—Muhammadjon Obidovning “Men ko‘rgan dunyo” kitobi matbaachilikda ham yangi sahifa ochdi, — dedi “XXI asr” gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalil. — Unda televideniye orqali berilgan dolzarb mavzularga bag‘ishlangan videofilm, reportajlar ssenariysidan tashqari maxsus DVD diskda to‘rt soatli ularning videotasvirdagi talqini ham ilova qilingan. Bu kitob orqali o‘quvchi endi tomoshabinga ham aylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют