» » O‘zbekiston yoshlari Parijda xalqaro tanlovda ishtirok etdi

O‘zbekiston yoshlari Parijda xalqaro tanlovda ishtirok etdi


Fransiyaning Parij shahrida “Salyut talantov” loyihasi doirasida “Parij, men seni yaxshi ko‘raman!” shiori ostida o‘tkazilgan bolalar va yoshlar XXVII xalqaro san’at festival-tanlovida o‘zbekistonlik yoshlar ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ko‘plab davlatlardan vakillar qatnashgan xalqaro san’at festivalida Toshkentning Olmazor tumanidagi 25 hamda Sergeli tumanidagi 21-musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi.

“Maktabimizda san’atning 10 yo‘nalishi bo‘yicha 324 nafar o‘quvchi tahsil oladi, — deydi 25-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, ‘Shuhrat’ medali sohibasi Xolida Xolmatova. — O‘quvchilarimiz mamlakat va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan turli festival, tanlov va ko‘riklarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Bu yil ham Parijdagi xalqaro festivalda ishtirok etishga muyassar bo‘ldik. O‘quvchilarmizning milliy raqs, yog‘och o‘ymakorligi, doira, dutor, saksafon va pianinodagi chiqishlari yuqori baholandi”.

“Bolalagimdan yog‘och o‘ymakorligiga qiziqaman, — deydi tanlov ishtirokchisi Fazliddin Nizomiddinov. — 2015-yildan buyon ustozim Fazliddin Muhitdinovdan o‘ymakorlik sirlarini o‘rganib kelmoqdaman. Shu yil mart oyida Parijda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rik-tanlovda ushbu yo‘nalishdagi ishlarim bilan qatnashib, yuqori natijalarga erishdim. Dunyoning turli davlatlaridan yoshlar qatnashgan festivalda yog‘och o‘ymakorligi va undagi ish uslublari haqida mahorat darsi o‘tib berganim ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yutuqlarimda mamlakatimizda biz, yoshlarning o‘z iste’dod va salohiyatimizni keng namoyon etishimiz uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar muhim omil bo‘lmoqda”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют