» » O‘zbekistonda “Istiqbolli avlod” markazi odam savdosidan jabrlangan 8 ming kishiga hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashdi

O‘zbekistonda “Istiqbolli avlod” markazi odam savdosidan jabrlangan 8 ming kishiga hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashdi


2001-yilda tashkil etilgan “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi o‘tgan o‘n yetti yilda odam savdosidan jabrlangan 8 mingga yaqin insonlarning hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

– Samarali faoliyat yuritishimizda 2008-yil 17-aprelda, ya’ni bundan o‘n yil muqaddam qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni muhim o‘rin tutdi, – deydi Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi direktori Nodira Karimova. – Chunki qonunda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha ijtimoiy hamkorlikning huquqiy asosi mustahkamlandi. Bu global muammolardan biri sanalgan odam savdosining oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligi rivojlanishiga, o‘z navbatida, markazimiz faoliyati kengayishiga keng yo‘l ochdi.

Uzoq yillar Toshkent shahri miqyosida faoliyat yuritgan “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markaziga yaqinda Respublika maqomi berildi. Bu markazning odam savdosidan jabrlanganlarga ko‘mak ko‘rsatish miqyosi kengaygani, faoliyat samaradorligi ortgani tufaylidir.

Xalqaro hamkorlik asosida tashkil etilgan markazning “Dolzarb aloqa tarmog‘i” mavjud. Ko‘pincha odam savdosi jabrlanuvchilari mazkur tarmoqqa murojaat qiladi. Ularga yordam berish uchun markaz psixologlari, huquqshunoslari doimo aloqada. Jabrlangan fuqaro joyi aniqlangach, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda uni qaytarish chorasi ko‘riladi. Xorijdan qaytarilgan jabrlanuvchilarning sog‘lig‘ini tiklash, ularga ruhan dalda bo‘lish imkoniyatlari ishga solinadi. Keyingi bosqichda — markazda ochilgan o‘nga yaqin hunar to‘garaklari orqali ularga kasb-hunar o‘rgatiladi va ishga joylashtirish chorasi ko‘riladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют