» » Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralar olib tashlanmoqda

Toshkentda ma’muriy binolar atrofidagi panjaralar olib tashlanmoqda


Toshkentning ba’zi tumanlarida yashovchi fuqarolar so‘nggi kunlarda shahar qandaydir sezilarsiz tarzda o‘zgarib qolganini payqamoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”. Markaziy ko‘chalar o‘rtasidagi metall to‘siqlar demontaj qilingach, poytaxtda ko‘p yillar davomida ma’muriy binolarni o‘rab turgan baland panjaralar ham olib tashlana boshladi.

Toshkent hokimligi to‘siqlardan voz kechishga qaror qilinganini tasdiqladi. “Hozircha bu ma’muriy binolarga tegishli. 11 ta tumanning har birida hokimlik Obodonlashtirish boshqarmasining maxsus otryadlari tuzilgan. Ularga ikkitadan qurilish krani va zarur transport vositalari ajratilgan”, — dedi poytaxt ma’muriyati vakili.

To‘siqlarni demontaj qilish haqidagi qarorni qabul qilishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi o‘rganildi va fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadi ko‘zda tutildi, deyishdi hokimlikda.

Bir oy davomida Toshkentning barcha 78 ta magistral ko‘chalari bo‘ylab barcha to‘siqlar olib tashlanishi kutilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi, ichki ishlar tuman bo‘linmalari, Bosh prokuratura kabi alohida obyektlarni o‘rab turuvchi panjaralar qoldiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют