» » Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi pora olayotganda qo‘lga tushdi

Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi pora olayotganda qo‘lga tushdi


Jizzax viloyat IIB o‘tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida politexnika instituti o‘qituvchisi Jo‘raqul Qorayev (ism-sharif o‘zgartirilgan) 4-bosqich talabasi Mirsolih Bobojonovdan 100 dollar talab qilib, 800 ming so‘m pulni o‘quv xonalaridan birida olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mirsolih Bobojonov G‘allaorol tumani, Sarbazor mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. U ayrim sabablarga ko‘ra o‘qituvchi Qorayevning darslarida qatnashmagan.

O‘qituvchi talabadan qoldirilgan darslar o‘rnini “to‘ldirish” uchun 100 dollar berishni talab qiladi.

Talaba o‘qituvchining hatti-harakatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют