» » O‘zbekiston—Tojikiston biznes-forumi doirasida 104 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolandi

O‘zbekiston—Tojikiston biznes-forumi doirasida 104 mln dollarlik eksport shartnomalari imzolandi


Samarqand shahrida O‘zbekiston va Tojikiston davlati ishbilarmon doira vakillari ishtirokida O‘zbekiston—Tojikiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati.

Uning tantanali ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev va Tojikistonning Sug‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshid Urakov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Biznes-forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlatning umumiy transport-kommunikatsiyaviy imkoniyati va tranzit salohiyatidan to‘la foydalanish orqali o‘zaro tovar aylanmasi hajmini son va miqdor jihatidan oshirish, sanoat mahsulotlari milliy ko‘rgazmasini tashkil etish hisobiga tadbirkorlar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlashdan iborat.

Unda Tojikistonning 200 dan ortiq ishbilarmonlar hamda 200 ga yaqin mahalliy yirik korxona va kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun ikki mamlakatda investorlar uchun yaratilayotgan sharoit, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, soliq va bojxona imtiyozlari haqida muhim ma’lumotlar berilib, mavjud iqtisodiy imkoniyatlar taqdimoti o‘tkazildi.

Tojikistonlik ishbilarmonlarning tashrifi doirasida ikki mamlakat tadbirkorlari uchun kooperatsion birja ham o‘tkazilib, unda ishbilarmonlar o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda manfaatli shartnomalarni imzolash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Forum doirasida, shuningdek, Samarqand viloyati va Tojikistonning Sug‘d viloyatining ishlab chiqaruvchi korxonalar, tadbirkorlar va hunarmandlar mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbirlar doirasida qariyb 104,0 million AQSh dollari miqdorida eksport shartnomalari imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют