» » Qatortoldagi 2016-yilda yopilgan chorraha yana o‘z joyiga qaytishi mumkin

Qatortoldagi 2016-yilda yopilgan chorraha yana o‘z joyiga qaytishi mumkin


Toshkent shahar IIBB Qatortol va Muqimiy ko‘chalarining kesishmasida joylashgan chorraha noto‘g‘ri loyihalashtirilganini tan oldi. Bu haqda IIBB YHXB boshlig‘i Barat Mamenov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Repost.uz”.

Bu yerdagi chorraha 2016-yili, butun Muqimiy ko‘chasi qayta rejalashtirilib, yoysimon ko‘rpik qurilganida metall panjaralar bilan yopilgan edi.

“Poytaxtdagi ayrim chorrahalar rostdan ham noto‘g‘ri loyihalashtirilgan va harakatlar oqimini o‘zgartirish lozim”, — deya javob qaytardi Mamenov yo‘llarda avtomobillar nima sababdan noto‘g‘ri burilishni amalga oshirayotgani borasidagi savolga. Muqimiy va Qatortol ko‘chasining kesishmasi bunga misol sifatida keltirib o‘tildi. Ushbu ko‘chada haydovchilarning ortga burilib olishiga urinishi sabab uzundan uzoq tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

IIBB hozirda Toshkent hokimiyatiga svetoforni joyiga qaytarish va to‘siqlarni olib tashlash bo‘yicha ariza topshirgan. Agarda taklif qabul qilinsa, 2016-yilgacha amalda bo‘lgan chorraha yana joyiga qaytadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют