» » O‘zbekiston bo‘ylab “Rangli metall kuni” tashkil etilmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab “Rangli metall kuni” tashkil etilmoqda


O‘zbekiston metall fondini tashkil etuvchi rangli metall parchalari va chiqindilarini Respublikada saqlab qolish, uni tashqariga olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ulardan oqilona foydalanish va mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida “Rangli metall kuni” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabridagi “Rangli metall parchalari va chiqindilarini to‘plash, topshirish hamda qayta ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan tashkil etilayotgan mazkur tadbir respublikaning barcha hududlarida mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni va aholini jalb qilgan holda tashkil etilmoqda.

“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan tadbir rangli metall parcha va chiqindilarini hosil bo‘lishi, saqlanishi, ehtiyotlanishi, noqonuniy muomalaga kiritilishini oldini olishga xizmat qiladi.

Mazkur aksiya doirasida mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda mobil shoxobchalar tashkil etilib, aholiga uyidagi chiqindilarni topshirish uchun imkoniyat yaratiladi. Aksiyada aholi o‘zida mavjud metall chiqindilarini naqd pulga topshirish imkoniyati mavjud.

Rangli metall kuni tadbirlari joriy yilning 14-iyuniga qadar respublikaning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi. 10-aprel kuni start olgan mazkur tadbirda bugungi kunga qadar 82,5 tonna metall parchalari va chiqindilari yig‘ildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют