» » Rossiyada 22 yil ichida 32 ta qotillik va zo‘ravonliklarni amalga oshirgan manyak qo‘lga olindi

Rossiyada 22 yil ichida 32 ta qotillik va zo‘ravonliklarni amalga oshirgan manyak qo‘lga olindi


Rossiya tergov organlari 1992—2014-yillar davomida Yekaterinburgda 32 ta qotillik va zo‘ravonliklarni amalga oshirishda gumonlanayotgan 47 yoshli erkakni qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Rossiya Tergov qo‘mitasi. Jinoyatlar 22 yil davomida shaharning har xil tumanlarida amalga oshirilgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bo‘yicha ayblovlar e’lon qilindi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi jinoyat 1992-yil 19-dekabrda voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan. Qolgan jinoyatlar 2009-yil 26-dekabrdan 2014-yil 17-avgustga qadar amalga oshirilgan.

Ayblanuvchining xatti-harakatlaridan 12 nafar qiz va ayollar jabrlangan. Erkak xilvat joylarda ularga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilgan, o‘ldirish va pichoq bilan tahdid qilgan. Ko‘pchilik hollarda u jabrlanuvchilarning pullari, qimmatbaho buyumlari va taqinchoqlarini olib qo‘ygan, so‘ng ularga nisbatan jinsiy xususiyatga ega jinoyatlarni amalga oshirgan.

Jinoiy ishni tekshirish davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют