» » “Buyuklar ketadi, ammo unutilmaydi”. Andres Inyesta rasman “Barselona”dan ketishini ma’lum qildi (video)

“Buyuklar ketadi, ammo unutilmaydi”. Andres Inyesta rasman “Barselona”dan ketishini ma’lum qildi (video)


“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inyesta mavsum yakunlangach, kataloniya klubi safini tark etadi. Bu haqda Andres maxsus tashkil qilingan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “Sports.ru”.

Bu mening so‘nggi mavsumim. “Barselona”dan ketishga qaror qilganimni rasman e’lon qilishni istagan edim. Bu borada juda uzoq o‘yladim. “Barselona” men uchun – dunyoning eng kuchli klubi va hamma narsa bergan klub bo‘lib qolaveradi.

Andres Inyesta

Avvalroq xabar berilganidek, Inyesta faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin. Ammo Andres qaysi jamoada to‘p surishi mumkinligini ma’lum qilmadi.

Yangi klub haqida mavsum so‘ngida bilib olamiz. Ammo oldin aytganimdek, hech qachon “Barselona”ga qarshi o‘ynamayman. “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmaganimdan xafa emasman. Men hurmat “Oltin to‘p”dan ham muhimroq deb o‘ylayman.

Andres Inyesta

Inyesta “Barselona” tarbiyalanuvchisi sanaladi. U asosiy jamoa safida 2002-yilda debyut qilgan bo‘lib, jamoa bilanbirga 8 karra Ispaniya chempioni, 6 karra Ispaniya kubogi va 7 karra Superkubogini qo‘lga kiritgan. 4 bora Yevropa chempionlar ligasi, 3 marta Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida g‘alaba qozongan. Umumiy hisobda esa Andres 31 ta sovringa ega chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют