» » Qo‘shrabotdagi Qo‘chqor ota baliqlarining siri nimada?

Qo‘shrabotdagi Qo‘chqor ota baliqlarining siri nimada?


Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Bozorjo‘y qishlog‘idagi Qo‘chqor ota bulog‘idan chiqayotgan tiniq, shifobaxsh suv tarkibida inson sog‘ligi uchun foydali bo‘lgan magniy, kaliy, sulfat kabi o‘nlab mikroelement mavjud. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shu hududda yashovchi qishloq ahli buloqdan chiqayotgan obihayotdan tomorqa va bog‘ sug‘oradi, o‘zi iste’mol qiladi. Qisqasi, bu buloq ular uchun tirikchilik manbai.

Rivoyatlarda keltirilishicha, bu suv 11-asrda yashagan deb taxmin qilinadigan Qo‘chqor ota qabri atrofidan sizib chiqmoqda. Buloq suvini toza saqlash va chelaklarga olishda qulay bo‘lishi uchun usti ayvon qilingan. Iste’mol qilmoqchi bo‘lganlar zinalardan pastga tushib, idishlarga obihayot olishi mumkin. Buloq suvi ayvon tagidan o‘tgach, quvur bilan hovuzga borib tushadi.

Bu hovuz ancha katta bo‘lib, unda 100 ming litrdan ko‘p suv yig‘iladi. Eng qizig‘i, bu yerda juda ko‘p, og‘irligi bir kilogramm atrofidagi baliqlarning suzib yurishi. Betonlangan bu hovuzda ozuqa yo‘q, ularni hech kim parvarish qilmasa-da, baliqlar och qolmaydi. Asrlar osha yashab kelayotgan Qo‘chqor ota baliqlari suvdagi foydali elementlar bilan ozuqlanar ekan.

Rivoyatlarda keltirilishicha, bu baliqlar Nurota chashmasidagi baliqlar bilan almashinib turar ekan. Qo‘chqor ota bulog‘idagi suv Nurota chashmasidagi obihayot mazzasi bilan o‘xshashligini inobatga olsak, bu fikrda haqiqat borday.

Aytishlaricha, har ikki buloq o‘rtasidagi masofa 25-30 kilometrni tashkil etadi. Baliqlarni suvdan chiqmasligini hisobga olsak, balki, ularni yer ostidagi suv yo‘li bir-biri bilan bog‘lab turgandir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют