» » O‘zbekiston va Turkiya innovatsiya borasida protokol imzoladi

O‘zbekiston va Turkiya innovatsiya borasida protokol imzoladi


O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiya ilmiy texnologik tadqiqotlar kengashi TUBITAK o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida protokol imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur hujjatga ko‘ra, birgalikda tadqiqot va rivojlantirish loyihalari, jumladan, olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va tadqiqot natijalari bilan almashish kutilmoqda.

Bundan tashqari, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ma’lumot almashish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish, uchrashuvlar, konferensiyalar, seminar va ko‘rgazmalar tashkil etish borasida ham birgalikda faoliyat yuritadi.

Ta’kidlash lozim, Turkiya Respublikasi ham O‘zbekiston singari innovatsion tadqiqotlar borasidagi faoliyatni davlat iqtisodiyotini ko‘tarishga yo‘naltirilgan asosiy tamoyillardan biri sifatida qaramoqda. Ilmiy tadqiqotlar uchun sarflangan moliya hajmi 2016-yilda YaIMga nisbatan 1,5 foizni tashkil qilgan. Masalan, Turkiyada barpo qilingan texnoparklar nazariyotchilar bilan bir qatorda amaliyotchilar ham ijod qiladigan ilmiy markaz va ishlab chiqarish maydonchasi, deb hisoblanadi. Ushbu texnoparklarda yaratilgan qulay ishlab chiqarish sharoitlari, qonuniy baza, katta hajmli moliyani kiritish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishga imkoniyat yaratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют