» » Turkiya O‘zbekistondagi geologik tadqiqot uchun 5 million dollar investitsiya kiritadi

Turkiya O‘zbekistondagi geologik tadqiqot uchun 5 million dollar investitsiya kiritadi


O‘zbekiston davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Turkiya Energiya va tabiiy resurslar vazirligi mineral resurslarni o‘rganish va tadqiq qilish Bosh boshqarmasi “Xurob” va “Aydim-Jetimtou” oltin maydonlari, shuningdek, Saritou konining geologik jihatdan o‘rganishni kelishib oldi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu boradagi bitim 30-aprel, dushanba kuni O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining muzokaralari doirasida imzolangan.

Ta’kidlanishicha, geologik tadqiqot ishlari joriy yildanoq boshlanadi. “Xurob” (Jizzax viloyati) va Aydim-Jetimtau (Navoiy viloyati) oltin konlarining zaxiralari hali o‘rganilmagan. Saritou konidagi volfram zaxirasi miqdori 740 ming tonnaga, molibden — 24 ming tonnaga, oltin esa 75,2 tonnaga baholangan.

Uchta obyektni tadqiq etish uchun uch yil davomida 5 million dollar sarflanadi. Investitsiyalar Turkiya tomonidan geologiya qidiruv ishlarining natijalari asosida amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют