» » Buxoroda o‘zgaga tegishli uyni 18 200 dollarga sotgan firibgar qo‘lga olindi

Buxoroda o‘zgaga tegishli uyni 18 200 dollarga sotgan firibgar qo‘lga olindi


Buxoro shahrida yashovchi Ibodillo Karomatov viloyat IIBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: “Bezumno.ru”

Fuqaro o‘z arizasida Chorbaqoli ko‘chasida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan N.Sh hamda Hamza ko‘chasida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan N. A. lar Rossiya fuqarosi  Yelena Kanuxning nomida bo‘lgan O.Eshonov ko‘chasida joylashgan 2-uy 15-xonadonni rasmiylashtirib berishni va’da berib, Ibodullo Karomatovdan 18 200 AQSh dollari miqdoridagi pullarini qo‘lga kiritib, hozirgi kunga qadar qaytarib bermasdan o‘z manfaati uchun ishlatib yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan N.Sh va N.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют