» » Buxoroda 60 yoshli fuqaro o‘g‘li va kuyovi bilan birga o‘g‘rilikka tushdi

Buxoroda 60 yoshli fuqaro o‘g‘li va kuyovi bilan birga o‘g‘rilikka tushdi


Buxoro viloyati Vobkent tuman IIBga Hajuvon MFY Rozgir qishlog‘ida yashovchi “Ulug‘bek Amon Zamini” fermer xo‘jaligi raisi Ulug‘bek Shirinov ariza orqali murojaat qildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Fuqaro o‘z arizasida fermer xo‘jaligi dala hududida mavjud Xitoyda ishlab chiqarilgan bahosi 6 000 000 so‘mlik suv nasosi no’malum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini bildirgan.

Olib borilgan surishtiruvlar davomida ushbu jinoyatni Vobkent tumani Shakarkent MFY Xalach qishlog‘ida yashovchi 1958-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan Shamsi Aminov va uning kuyovi, 1988-yilda tug‘ilgan muqaddam (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi) (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) sudlangan Mardon Ergashov hamda o‘g‘li, 1983-yilda tug‘ilgan, muqaddam o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganligi uchun sudlangan Shuhrat Aminovlar sodir etganligi  aniqlangan hamda ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют